BBC'ning WhatsAppʼdagi kanallari va guruhlaridagi maxfiylik to‘g‘risida xabarnoma
Sizning ishonchingiz biz uchun katta ahamiyatga ega. Bu esa BBC sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz maxfiyligi va xavfsizligini himoya qilishga sodiq ekanligini anglatadi.
Biz bu kabi shaxsiy ma’lumotlardan nega va qanday foydalanayotganimizni tushunib olishingiz uchun ushbu xabarnomani albatta o‘qib chiqishingiz muhim.
Mazkur maxfiylik xabarnomasi biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni biz bilan munosabatlaringiz davomida va undan so‘ng ma’lumotlarni muhofaza qilishga oid qonunchilikka muvofiq qanday yo‘sinda to‘plashimiz hamda foydalanishimizni tushuntirib beradi.
BBC qanday turdagi shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi va ulardan qanday foydalanadi
BBC kanallarimiz va guruhlarimizga qo‘shilib, ularni kuzatib borish jarayonida siz ixtiyoriy ravishda taqdim etishga qaror qilgan shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi va qayta ishlaydi. Bu quyida sanab o‘tilgan ma’lumotlardan barchasini yoki ulardan ba’zilarini o‘z ichiga olishi mumkin.
Shaxsiy ma’lumotlar
To‘planishi mumkin bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
- WhatsApp profilingizdagi taxallus/ko‘rsatilgan ism
- Aloqa raqamingiz, masalan mobil telefon raqami
- Profil surat(lar)ingiz
Profil suratingizning xususiyati va maxfiylik sozlamalaringizga bog‘liq holda, BBC sizning ixtiyoriy ravishda oshkor etishingiz mumkin bo‘lgan ta’sirchan (maxsus toifadagi) ma’lumotlarni ham to‘plashi va qayta ishlashi mumkin. Bunday ma’lumotlar sirasiga quyidagilar kirishi mumkin:
- Irqingiz yoki etnik kelib chiqishingiz
- Salomatligingizga oid ma’lumotlar
- Diniy yoki falsafiy e’tiqod(lar)ingiz
- Jinsiy orientatsiyangiz
- Siyosiy qarashlaringiz
WhatsApp profil suratingizni maxfiy (ko‘rinmaydigan) qilib qo‘yish sozlamasi
Iltimos, e’tibor bering: agar WhatsApp hisobingizdagi profil suratingizni hamma uchun ko‘rinadigan qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, BBC ham ushbu ma’lumotni ko‘rishi mumkin. WhatsApp orqali biz bilan bo‘lishadigan shaxsiy ma’lumotlaringiz miqdorini kamaytirish uchun profil rasmingiz sozlamasini "faqat kontaktlarga ko‘rinsin"ga o‘zgartirish tavsiya etiladi.
Ma’lumotlar nazoratchisi ("Data Controller") kim?
BBC – bu siz tomonidan bizga taqdim etilgan va BBC qurilmalari hamda tizimlarida saqlanadigan har qanday shaxsiy ma’lumotlar yuzasidan mustaqil ma’lumotlar nazoratchisi.
O‘z navbatida, WhatsApp ilova orqali yuboriladigan har qanday ma’lumotlar bo‘yicha mustaqil "ma’lumotlar nazoratchisi" hisoblanadi. Shuni yodda tutingki, WhatsAppʼning Maxfiylik siyosati va Xizmat ko‘rsatish shartlari ham sizga taalluqli bo‘ladi. WhatsApp sizning ma’lumotlaringizni Meta tarkibidagi kompaniyalar bilan ulashishi mumkin.
Har bir ma’lumotlar nazoratchisi sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qanchalik darajada qayta ishlashidan kelib chiqib, undan qanday maqsadda foydalanishi va qanday tartibda qayta ishlashi haqida yakka o‘zi qaror qabul qiladi. Aniqroq aytganda, sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz BBC tomonidan faqat ushbu maxfiylik xabarnomasida keltirilgan maqsadlarda, ya’ni BBC'ning WhatsAppʼdagi kanallariga qo‘shilish va unga obuna bo‘lish uchun to‘planadi, qayta ishlanadi. Har bir nazoratchi ma’lumotlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilish va unga muvofiqlikni namoyon etish mas’uliyatiga ega.
Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qonuniy asos
Biz siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish uchun bergan roziligingizga tayanamiz. Chunki siz BBC'ning WhatsAppʼdagi kanallari orqali ulashiladigan xabarlarga ixtiyoriy ravishda obuna bo‘lishni tanlagansiz. Agar ushbu xabarlarni olishni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, xohlagan vaqtda kanaldan chiqib ketish orqali roziligingizni bekor qilishingiz mumkin.
Ma’lumotlaringizni ulashish
BBC sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni sizning ruxsatingizsiz biror uchinchi tomonga taqdim etmaydi.
Ma’lumotlaringizni saqlash
BBC shaxsiy ma’lumotlaringizni ushbu maxfiylik xabarnomasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan davr mobaynida qayta ishlaydi.
Huquqlaringiz va qo‘shimcha ma’lumot
Siz Buyuk Britaniyaning ma’lumotlarni muhofaza qilish qonunchiligi bo‘yicha bir qator huquqlarga egasiz. BBC siz haqingizda saqlayotgan barcha ma’lumotlar nusxasini, ya’ni BBC akkauntingizdagi va yuqorida tilga olingan ma’lumotlar (agar bizda saqlanayotgan bo‘lsa) nusxasini so‘rash huquqiga egasiz.
Bizning elektron pochtamiz: [email protected]. Agar savollaringiz bo‘lsa yoki huquqlaringiz haqida batafsil ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz, BBC'ning Maxfiylik va Kuki siyosati bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin: http://www.bbc.co.uk/privacy.
Agar sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz BBC tomonidan qanday ko‘rib chiqilgani bo‘yicha xavotiringiz bo‘lsa, bu borada shikoyat qilish huquqingiz bor. Murojaatni Buyuk Britaniyadagi nazorat organi – Ma’lumotlar bo‘yicha komissar idorasi (ICO)ga ushbu havola orqali yuborishingiz mumkin: https://ico.org.uk/.
Ushbu maxfiylik xabarnomasining yangilanishi
Agar sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanish tartibi bo‘yicha sezilarli o‘zgarishlar yuz bersa, biz ushbu maxfiylik xabarnomasini qayta ko‘rib chiqamiz.