Seks: Klimaksdan keyin ham jinsiy aloqa qilish mumkinmi?

Illyustrativ surat.

Surat manbasi, Getty Images

Jinsiy mayl sustligi, qin quruqligi va kayfiyat o‘zgaruvchanligi – bular klimaks yoki menopauza davrida ayollar tez-tez duch keladigan ba’zi alomatlardir.

Ko‘pchilik uchun bu o‘zgarishlar menopauzadan o‘n yil oldin, «perimenopauza» deb ataladigan davrda boshlanishi mumkin.

Syuzan 40 yoshlar o‘rtasida, Kanadaning Vankuver shahrida yashaydi. U perimenopauzani boshdan kechirmoqda va shunday deydi: "Jinsiy aloqa juda og‘riqli bo‘lib qoldi. Jinsiy istak bor, lekin og‘riq to‘xtatib qo‘yadi. Nima bo‘layotganini aniq bilmasdim va to‘g‘risini aytsam, bu haqda shifokorimga aytishga ancha vaqt ketdi."

Umr ko‘rish davomiyligi oshishi bilan ayollar hayotlarining uchdan bir qismini postmenopauza davrida o‘tkazishlari mumkin. Menopauza – gormonlar darajasi pasayishi tufayli ayolning hayz ko‘rishi to‘xtashi. Bu ayolning reproduktiv yoshi tugashini anglatadi va ko‘plab jismoniy hamda ruhiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Buyuk Britaniyada umumiy amaliyot shifokori va sog‘liqni saqlash ta’limi targ‘ibotchisi doktor Aziza Sesayning aytishicha, og‘riqli jinsiy aloqaga olib keladigan qin quruqligi estrogen gormoni darajasi pasayishining bevosita natijasidir. Ammo ko‘plab madaniyatlarda ayollar jinsiy aloqa haqida gapirishi hali ham tabuligi sababli, "hali ham og‘riqli jinsiy aloqani normal hisoblaydigan va geteroseksual munosabatlarda erkaklarimizga yoqish uchun bu og‘riqqa chidashimiz kerak, deb o‘ylaydigan ayollar bor", deydi u.

Doktor Azizaning aytishicha, ana shunday ishonchlar tufayli ko‘plab ayollar bu muammolarni hal qilish uchun unga murojaat qilmasligi mumkin va shuning uchun "ular jim turib azob chekaveradi," deya qo‘shimcha qiladi.

Aloqador mavzular:

Gormonlar va yashirin alomatlar

Шифокорлар
gettyimages/illyustrativ
Hali ham og‘riqli jinsiy aloqani normal hisoblaydigan va geteroseksual munosabatlarda erkaklarimizga yoqish uchun bu og‘riqqa chidashimiz kerak, deb o‘ylaydigan ayollar bor.
Doktor Aziza Sesay
Buyuk Britaniyada umumiy amaliyot shifokori va sog‘liqni saqlash ta'limi targ‘ibotchisi (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Doktorning tushuntirishicha, estrogen tuxumdonlar chiqaradigan testosteron bilan bir qatorda jinsiy maylga ta’sir etadi va bu gormonlar darajasi pasayishni boshlagach, jinsiy istaklarimizda o‘zgarishni his qilamiz.

Rozi 45 yoshda va Germaniyada yashaydi. U 30 yoshida tuxumdon saratoni tashxisi qo‘yilgandan keyin bachadoni olib tashlangan. Bu jarayon erta menopauzaga olib kelgan. U Bi-bi-siga aytishicha, boshdan kechirgan o‘zgarishlar keskin bo‘lgan: "Men ilgari jinsiy aloqadan juda lazzatlanardim, to‘satdan bu yo‘qoldi, jismoniy qo‘zg‘alishni his qilolmaydigan bo‘lib qoldim."

Kaliforniyalik psixolog va jinsiy terapevt doktor Nozanin Maaliyning aytishicha, menopauza davrini boshdan kechirayotgan ayollarning aksariyati jinsiy aloqaga xohish yo‘qligi va og‘riq sababli unga murojaat qilishadi. "Ko‘p hollarda ular o‘zlarini tiqilib qolgandek his qilishadi. Ammo jinsiy aloqada bo‘lishni xohlaydigan, lekin to‘laqonli jinsiy aloqaga qiziqmay qo‘ygan ko‘plab ayollar ham bor," deb tushuntiradi u.

Biroq hayotning bu bosqichida ayollar uchun jinsiy aloqaga istak kamayishi sababi faqat qin quruqligi yoki libidoning pastligi emas. Buyuk Britaniyada yashovchi 49 yoshli Yas uchun siydik yo‘llari infektsiyalarining takrorlanishi jinsiy aloqaga bo‘lgan qiziqish yo‘qolishiga sabab bo‘lgan. U Bi-bi-siga shunday deydi: "Jinsiy aloqaga bo‘lgan qiziqishimni yo‘qotdim, chunki har safar u dahshatli og‘riqli infektsiyalar bilan tugaydi." Uning aytishicha, uzoq vaqt davomida shifokorlar bu muammoni menopauza bilan bog‘liq deb tashxis qo‘ymagan.

Doktor Sesay siydik yo‘llari infektsiyalari ham estrogen darajasi pasayishining yon ta’siri ekanligini tushuntiradi. "Odamlar estrogen haqida o‘ylaganda, ko‘pincha hayz ko‘rish yoki uning reproduktiv jihatlari haqida gapirishadi, ammo estrogen shunday ajoyib gormonki, u soch follikulalarimizdan tortib terimizgacha, butun tanamizda ishlaydi. Estrogen qin va siydik yo‘lini namlash uchun mas’ul va estrogen miqdorining kamayishi siydik yo‘li atrofidagi to‘qimalarni yupqa, quruq va infektsiyalarga moyil qilib qo‘yadi," deydi u.

Ko‘plab madaniyatlarda ayollarning jinsiyligi faqat ko‘payish bilan bog‘liq deb ishoniladi va shuning uchun ayollarning jinsiy hayoti menopauzadan keyin tugaydi degan noto‘g‘ri tushuncha mavjud. Doktor Maali qo‘shimcha qilishicha, ayollarni faqat yoshligi uchun qadrlash ularning hayotining bu bosqichini qiyinlashtirishi mumkin va "bu ba’zi ayollarga qayg‘u bilan keladi."

Biroq u, shuningdek, "hayotidagi eng yaxshi jinsiy aloqani menopauzadan keyin boshlaydigan" mijozlari borligini ham aytadi.

Badaniga gormonli krem surtayotgan ayol.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Gormonlarni almashtirish terapiyasi hapdorilar, plastirlar va gellar shaklida mavjud.

Davolanish usullari bormi?

Doktor Maalining aytishicha, "menopauza muammolarining barchasi yechimga ega va ayollarga faol jinsiy hayotni davom ettirishga va ko‘proq zavq olishga yordam beradigan ko‘plab tibbiy va notibbiy usullar bor."

65 yoshli Xaldita Londonda yashaydi va uning jinsiy hayoti menopauza bilan bir vaqtda eridan ajrashishi tufayli yaxshilana boshlagan. U Bi-bi-si bilan suhbatda shunday deydi: "Men 43 yoshimda ajrashdim va mening perimenopauza belgilarim 45-46 yoshimda boshlandi. Men "Urra!" deb yuborardim. Nihoyat ozod bo‘ldim. O‘shanda men juda sog‘lom va qiziqarli jinsiy hayot kechira boshladim."

Ehtirosni alangalatish haqida gap ketganda, doktor Maalining eng yaxshi maslahati "jinsiy stsenariyni qayta ko‘rib chiqish"dir. Uning aytishicha, biz hammamiz "jinsiy aloqa qanday bo‘lishi kerakligi va yaxshi jinsiy aloqa nima ekanligi haqida tasavvurga egamiz, ammo tanamiz o‘zgarishi bilan bu zehniy qolipni yangilashimiz va o‘zgartirishimiz kerak. Hayotingizning bu bosqichida o‘zingizdan so‘rang: men uchun qanday jinsiy aloqa yaxshi");