"Yuzta plastik jarrohlik qildirganman va hali to‘xtamayman" - Go‘zallik sanoati ichiga nazar

100 dan ortiq jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan Ebbi Vu,  Xitoydagi ilk kosmetik jarrohlik inflyuenserlaridan biri
Surat tagso‘zi, 100 dan ortiq jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan Ebbi Vu, Xitoydagi ilk kosmetik jarrohlik inflyuenserlaridan biri
  • Author, Nataliya Zuu
  • Role, BBC

Birinchi kosmetik jarrohlik amaliyotini o‘tkazganida Ebbi Vu atigi 14 yoshda edi.

Kasallik uchun gormon bilan davolanganidan so‘ng, Ebbining vazni ikki oy ichida 42 kg dan 62 kg gacha ko‘tarildi.

Bu o‘zgarish uning drama o‘qituvchisi e’tiboridan chetda qolmadi.

"Ustozim: «Sen bizning yulduzimiz eding, juda semirib ketding. Yo voz kech, yo tezda oz», dedi," deb eslaydi Ebbi. U o‘sha paytda drama imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.

Ebbining onasi aralashib, uni qorin va oyoqlaridan yog‘ni olib tashlash uchun liposaksiyaga olib bordi.

Ebbi kasalxona xalatida, bo‘lajak operatsiyadan xavotirlanib, klinikada kutayotganda onasi aytgan so‘zlarni eslaydi.

"Qo‘rqmasdan kiraver. Chiqib kelganingda avvalgidek chiroyli bo‘lib ketasan."

Jarrohlik amaliyoti juda og‘ir kechdi. Ebbiga faqat qisman og‘riqsizlantirish berildi va u butun jarayon davomida hushida edi.

"Men tanamdan qancha yog‘ olinayotganini va qancha qon yo‘qotayotganimni ko‘rib turardim," deydi u.

Ebbining ilk jarrohlik amaliyotidan oldingi surati, 14 yosh

Surat manbasi, Family handout

Surat tagso‘zi, Ebbining ilk jarrohlik amaliyotidan oldingi surati, 14 yosh

Hozir 35 yoshli Ebbi 100 dan ortiq jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan, bunga yarim million dollar sarflangan.

U Pekin markazidagi go‘zallik klinikasiga sheriklik asosida egalik qiladi va Xitoyning plastik jarrohlik sohasidagi eng taniqli shaxslaridan biriga aylangan.

Ammo jarrohlik amaliyotlari zararsiz bo‘lmagan.

Aloqador mavzular:

Pekindagi hashamatli ikki qavatli kvartirasida ko‘zgu oldida o‘tirib, u yaqinda yuzini tortuvchi in’ektsiyadan keyin ko‘kargan joylarga ehtiyotkorlik bilan yashiruvchi suyuqlik surtadi. Uch marta jag‘ni qisqartirish operatsiyasida haddan tashqari ko‘p suyak olib tashlanganidan keyin u har oyda yuzi "qattiqroq va kamroq do‘mboq" ko‘rinishi uchun shu muolajani o‘tkazadi.

Ammo u operatsiyalardan afsuslanmasligini, onasi o‘sha vaqtlarda to‘g‘ri qaror qabul qilganini aytadi.

"Operatsiya foyda berdi. Kundan-kunga o‘zimga ishonchim ortib, baxtliroq bo‘la boshladim. Menimcha, onam to‘g‘ri ish qilgan."

Ebbi o‘zining kosmetik jarrohlik bilan bog‘liq sarguzashtlari haqida ijtimoiy tarmoqlarda batafsil ma’lumot berib boradi va tig‘ ostiga yotishning ba’zi real tomonlarini namoyon etadi

Surat manbasi, Abby Wu

Surat tagso‘zi, Ebbi o‘zining kosmetik jarrohlik bilan bog‘liq sarguzashtlari haqida ijtimoiy tarmoqlarda batafsil ma’lumot berib boradi va tig‘ ostiga yotishning ba’zi real tomonlarini namoyon etadi

Bir paytlar tabu sanalgan plastik jarrohlik so‘nggi 20 yil ichida Xitoyda ommaviylashib ketdi. Bunga ortiqcha daromadlar oshishi va ijtimoiy munosabatlardagi o‘zgarishlar sabab bo‘ldi. Bunda ijtimoiy tarmoqlar ayniqsa katta rol o‘ynadi.

Har yili 20 million xitoylik kosmetik muolajaga pul sarflaydi.

Asosan qizlar jarrohlik amaliyotiga murojaat qiladi. Bemorlarning 80 foizi ayollar bo‘lib, operatsiya qildirayotganlarning o‘rtacha yoshi 25 yoshni tashkil etadi.

Xitoy madaniyatida, xususan, ayollar uchun tashqi ko‘rinish har doim muhim bo‘lgan, ammo mamlakatda go‘zallik standartlari o‘zgarmoqda.

BBC
Terim ostida sement bordek tuyulardi. Butun qiyofam buzildi. Bu ishimga ham ta’sir ko‘rsatdi. Endi chiroyliroq bo‘lishni istamayman. Agar oldingi holatimga qaytolsam, shu ham baxt.
Yu Yu
Xato jarrohlik amaliyoti mijozi (Batafsil: bbc.com/uzbek)

Yillar davomida eng ko‘p talab qilingan xususiyatlar G‘arb ideallari, anime fantaziyasi va K-Popdan ilhomlanish edi: qo‘sh qovoq, haykaltarosh ishlagandek jag‘ chizig‘i, qirra, bo‘rtib chiqqan burun va simmetrik yuz.

Ammo so‘nggi paytlarda yanada xavotirli protseduralar ko‘payib bormoqda – noreal darajada o‘ta ayollik, deyarli bolamonand qiyofa ortidan quvish.

Endi quloqlarni oldinga egish uchun quloq orqasiga botoks yuboriladi, bu esa kichikroq va nozikroq yuz illyuziyasini yaratadi.

Pastki qovoq jarrohligi anime qahramonlarining shishasimon nigohidan ilhomlanib, ko‘zlarni beg‘ubor, bolalarcha ko‘rinish uchun kengaytiradi.

Yuqori labning qisqarishi lab va burun orasidagi bo‘shliqni toraytiradi, bunga yoshlik belgisi deb qaraladi.

Lekin bu go‘zallikning ko‘p qismi ekran uchun yaratilgan. Filtrlar va halqasimon chiroqlar nuqsonlar ko‘rinmaydi. Haqiqiy hayotda bu ko‘pincha notabiiy ta’sir qoldiradi – yuz unchalik insoniy emas, unchalik bolalarcha ham emas.

Xitoyda ijtimoiy tarmoqlarda zaharli go‘zallik mezonlari tarqalmoqda, bu esa odatiy deb hisoblanadigan tushunchani buzib qo‘ymoqda

Surat manbasi, TikTok

SoYoung kosmetik jarrohlik ilovasining reklama roligida "Ayol faqat go‘zal bo‘lgandagina to‘liq shaxs bo‘ladi" degan ta’kid ilgari surilgan

Surat manbasi, SoYoung

Surat tagso‘zi, SoYoung kosmetik jarrohlik ilovasining reklama roligida "Ayol faqat go‘zal bo‘lgandagina to‘liq shaxs bo‘ladi" degan ta’kid ilgari surilgan

SoYoung (Yangi kislorod) va GengMei (Go‘zalroq) kabi kosmetik jarrohlik ilovalari "yuzdagi nuqsonlar"ni sun’iy intellekt yordamida tahlil qiladi.

Foydalanuvchilarning yuzlarini skanerlab, baholagandan so‘ng, ular jarrohlik amaliyoti bo‘yicha yaqin atrofdagi klinikalardan tavsiyalar beradi va har bir operatsiyadan komissiya oladi.

Bu va boshqa go‘zallik tendentsiyalarini mashhurlar va ijtimoiy tarmoqlardagi inflyuenserlar targ‘ib qiladi, bu esa nima yaxshiyu nima normalligi haqidagi tushunchalarni o‘zgartirmoqda.

Xitoyning eng birinchi kosmetik jarrohlik inflyuenserlaridan biri sifatida Ebbi o‘z protseduralari haqida yirik ijtimoiy tarmoqlarda hikoya qilib keladi va SoYoung ishga tushirilgandan ko‘p o‘tmay undan foydalanishni boshlagan.

100 dan ortiq muolajani boshdan kechirganiga qaramay, SoYoung'ning "sehrli ko‘zgu" funktsiyasidan foydalanib yuzini skanerlaganida, ilova hali ham undagi "nuqsonlar"ni ko‘rsatadi va tavsiya etilgan operatsiyalarning uzun ro‘yxatini chiqarib beradi.

"Menda ko‘z xaltachalari borligini yozdi. Iyakni kattalashtirishmi? Men buni allaqachon qilganman."

Ebbi hazil qilayotgandek edi.

"Burunni ingichkalashtirish? Yana burnimni operatsiya qilishim kerakmi"Yu Yu (o‘ngda), doktor Yan bilan maslahatlashar ekan, muvaffaqiyatsiz kechgan jarrohlik amaliyotlari uning inson resurslari sohasidagi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini aytdi. " loading="lazy" width="3550" height="1994" style="aspect-ratio:3550 / 1994" class="bbc-139onq"/>

Surat tagso‘zi, Yu Yu (o‘ngda), doktor Yan bilan maslahatlashar ekan, muvaffaqiyatsiz kechgan jarrohlik amaliyotlari uning inson resurslari sohasidagi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini aytdi

28 yoshli Yu Yu xato bajarilgan jarrohlik amaliyotini boshdan kechirganlardan biri.

2020 yilda u yaqin do‘sti ochgan litsenziyasiz klinikada yuzni to‘ldirish uchun kollagen inьektsiyalarini oldi. Ammo to‘ldirgichlar qotib qoldi.

"Terim ostida sement bordek tuyulardi," deydi u.

Yetkazilgan zararni bartaraf etishga umid qilib, Yu Yu ijtimoiy tarmoqlar orqali topgan mashhur klinikalarga murojaat qildi, ammo «ta’mirlash» ishlari vaziyatni battarlashtirdi.

Klinikalardan biri shpritslar yordamida to‘ldiruvchini chiqarib olishga urindi. Qotib qolgan materialni olib tashlash o‘rniga, uning o‘z tabiiy to‘qimalarini olib tashlab, terisini yanada bo‘shashtirib qo‘yishdi.

Boshqa bir klinika uning quloqlari yaqinidagi terini ko‘tarib, tagidagi to‘ldiruvchiga yetib bormoqchi bo‘ldi, natijada ikkita uzun chandiq va g‘ayritabiiy darajada tarang ko‘rinadigan yuz qoldi.

"Butun qiyofam buzildi. Bu [Shanxaydagi xorijiy kompaniyada inson resurslari bo‘yicha mutaxassis sifatida] ishimga ham ta’sir ko‘rsatdi."

U o‘tgan yili SoYoung orqali doktor Yangni topdi va shundan beri uchta operatsiyani o‘tkazdi, jumladan, boshqa klinikada shikastlangan qovoqlari uchun ham.

Biroq, doktor Yangning jarrohlik amaliyotlari ahvolni sezilarli yaxshilagan bo‘lsa-da, noto‘g‘ri muolajalarning ayrim asoratlari doimiy bo‘lishi mumkin.

"Endi chiroyliroq bo‘lishni istamayman," deydi u.

"Agar operatsiyadan oldingi holatimga qayta olsam, shu ham baxt."

"Bu karьeramni barbod qildi."

Har yili Yu Yu kabi o‘n minglab odamlar Xitoyda litsenziyasiz kosmetik klinikalar qurboniga aylanadi.

Biroq hatto ayrim litsenziyali klinikalar va malakali jarrohlar ham qoidalarga qat’iy amal qilmayapti.

2020 yilda aktrisa Gao Lyuning noto‘g‘ri bajarilgan burun operatsiyasi oqibatida burun uchi qorayib, o‘lib qolgani haqidagi xabarlar tez tarqaldi.

"Yuzim xunuklashdi va juda tushkunlikka tushdim. Bu mening aktyorlik karьeramni barbod qildi."

U Guanchjoudagi She's Times nomli litsenziyalangan klinikada "bosh jarroh" va burun jarrohligi bo‘yicha mutaxassis sifatida tanishtirilgan doktor He Mingdan burun operatsiyasini olgan.

Aslida doktor He jarrohlik amaliyotini yanada tajribali jarroh nazoratsiz o‘tkazish uchun yetarli malakaga ega emas. Kamiga unda Guandun viloyati sog‘liqni saqlash komissiyasi beradigan plastik jarroh litsenziyasi ham bo‘lmagan.

Hokimiyat organlari janjaldan so‘ng tez orada yopilgan klinikani jarimaga tortdi va doktor Hega olti oy davomida amaliyot o‘tkazishni taqiqladi.

Biroq, She's Times rasman tugatilishidan bir necha hafta oldin, Qingya nomli yangi klinika xuddi shu manzilda ro‘yxatdan o‘tishni so‘radi.

Bi-bi-si She's Times va Qingya o‘rtasida kuchli aloqalarni aniqladi, masalan, bir xil Weibo akkaunt va bir xil xodimlar, shu jumladan, doktor He ham shu yerda.

To‘rt yil va ikki ta’mirlash operatsiyasidan so‘ng, Gao Lyuning burni hamon notekisligicha qolmoqda.

Surat manbasi, Gao Liu

Surat tagso‘zi, To‘rt yil va ikki ta’mirlash operatsiyasidan so‘ng, Gao Lyuning burni hamon notekisligicha qolmoqda.

Bi-bi-si, shuningdek, doktor He 2024 yil aprel oyida plastik jarroh sifatida litsenziya olganini aniqladi, vaholanki u 2021 yildagi hukm bo‘yicha besh yil davomida bu maqom uchun ariza topshirish huquqidan mahrum etilgan edi.

Qingya hozirda 30 ta filial ochganini ta’kidlamoqda.

Doktor He, Qingya va Guandun viloyati sog‘liqni saqlash komissiyasi Bi-bi-sining izoh so‘roviga javob bermadi.

Xitoyning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi shunday dedi: "Xitoy hukumati shirkatlardan milliy qonunlar, qoidalar va tegishli siyosat talablariga qat’iy rioya qilgan holda ishlashni doimiy talab qiladi."

To‘rt yil va ikki ta’mirlash operatsiyasidan so‘ng, Gao Lyuning burni hamon notekisligicha qolmoqda.

"Juda afsusdaman. Nega bunday qildim-a");