Turkiya: sabrsiz avia yo‘lovchilar $70 lik jarimaga tortiladi

"Turkiya havo yo‘llari" avia kompaniyasining osmonga ko‘tarilayotgan samolyoti

Surat manbasi, Getty Images

Samolyot qo‘nganidan keyin xavfsizlik kamari chiroqlari o‘chmay turib o‘rnidan turgan yo‘lovchilar jarimaga tortiladilar, degan qaror qabul qildi mamlakat regulyatori.

Turkiya fuqarolik aviatsiyasi rasmiylariga ko‘ra, bunday qarorga kelinishiga yo‘lovchilardan tushgan ko‘pdan-ko‘p shikoyatlar sabab bo‘lgan.

Ushbu tartib 2025 yil may oyi boshidan kuchga kirgan.

Rasmiylarning bu boradagi yo‘riqnomalarida jarima miqdori tilga olinmagan bo‘lsa-da, Turkiya matbuoti bu 70 AQSh dollari atrofida ekani haqida xabar tarqatdilar.

Rasmiylarga ko‘ra, uchoq yerga qo‘ngan, lekin hali yurishdan to‘xtamaganiga qaramasdan, o‘rnidan turib yo‘lovchilar boshi ustidagi bo‘lmalardan o‘z yuklarini tortishni boshlagan ajirlar haqida shikoyatlar soni "jiddiy ko‘paygan".

Aloqador mavzular
Iqtibos

Surat manbasi, .

Turkiya har yili o‘n millionlab turistlarni qabul qiladigan, o‘zbekistonliklar ham ko‘p parvoz qiladigan Rossiya, Birlashgan Arab amirliklari qatoridagi mamlakat hisoblanadi.

Turkiya rasmiylariga ko‘ra, bundan keyin Turkiyaga uchayotgan tijorat avia kompaniyalari jarima haqidagi e’lonni samolyot parvozi chog‘i yo‘lovchilarga yetkazmog‘i, kim bu qoidaga amal qilmasa, bu haqda xabar berishlari talab etiladi.

Yo‘lovchilarning xavfsizlik belbog‘lari taqilgan holda saqlanib turishi, xavfsizlik kamari chirog‘i o‘chmaguncha o‘rnilaridan turmasliklari va tepadan bagajlarini olishni boshlamasliklari lozim.

Euronews xabar berishicha, Turkiyaning milliy avia shirkati - "Turkiya Havo yo‘llari" o‘zining qo‘nishdagi e’lonlarini yangi tartibga mos o‘zgartirgan.

Euronews televizion tarmog‘iga ko‘ra, "Turkiya Havo yo‘llari"ning qo‘nayotgan samolyotida shunday e’lon yo‘lovchilarga o‘qib eshittiriladi:

"Ushbu qoidaga bo‘ysunmagan yo‘lovchilar haqida Fuqarolik aviatsiyasi Bosh direktorligiga Jamoat tartibini buzgan yo‘lovchilar hisoboti orqali xabar beriladi va mos qonuniy tartiblar bo‘yicha jarima solinadi".

Bi-bi-si yangi e’loni bo‘yicha izoh so‘rab "Turkiya Havo yo‘llari"ga murojaat qildi.

Hali to‘liq to‘xtamagan uchoqdan tezroq chiqib ketishga urinadigan yo‘lovchilar boshqa mamlakatlar va havo shirkatlari bilan ham ro‘y beradi, bu ko‘pchilikning jig‘iga tegadi va haqli noroziligigaa sabab bo‘ladi.

"Hali to‘xtamagan samolyotdan chiqib ketishga harakat qiladigan yo‘lovchilarni hech tushunmayman: nega shunday qiladilar");