O‘zbekiston, Mubashshir Ahmad ishi: qonun, so‘z erkinligi va "qonunni oyoqosti qilish"

Mubashshir Ahmad

Surat manbasi, Facebook/Mubashishir Ahmad

Ayrim huquqshunoslarga ko‘ra, Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tergov qilayotgan organ xodimlarining O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunchilik talablarini buzayotganlari aniqlandi.

Huquqshunoslar bunday keskin bayonot bilan chiqishga O‘zbekiston Jinoyat-Protsessual kodeksining 48-bandining o‘zi yetarli deydilar.

Aloqador mavzular:

Gap qandaydir jinoyat sodir etishda gumon qilinib o‘z ixtiyoriga zid ravishda tutqunlikda ushlab turilgan shaxsning mamlakat bosh qonuni va boshqa qonunchilikda aniq-tiniq belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklari haqida bo‘lib, fuqaro Alisher Tursunovning Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayhontohur tuman sudining qamoqqa olish haqidagi qaroridan keyinoq tergov organi uning qarindoshlarini qaerda saqlab turilganligidan ogoh etishi shart edi.

Ammo Mubashshir Ahmad Turkiyadagi uyidan olib ketilganidan keyingi 11 kun davomida na Turkiyadagi advokati, na O‘zbekistondagi qarindoshlari va "Gulyamov, Sadikov and Partners" advokatlik firmasining advokatlari "Mubashshir Ahmad qaerda");